Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bölim yangiliklari » KITOBXONLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

KITOBXONLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

14-10-2026, 17:30
20
Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Tuproqqal’a tuman bo‘limida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida xodimlar o‘zlarining sevimli kitoblari haqida fikr almashdilar, asarlardan parchalar o‘qidilar hamda kitoblarning inson hayotidagi ahamiyati haqida suhbatlashdilar.
🏆 Shuningdek, xodimlar o‘rtasida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va kitobxonlikni rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazildi.
📚 Bunday tadbirlar xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy salohiyatini oshirish hamda kitobga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Zero, kitob — ma’naviyat chirog‘i, bilim va kamolot kalitidir!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.